"Tabriklayman, Leo! Bu kubokka boshqa hech kim sendan ko'proq loyiq emas" - Ikardi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2022, 16:35
Ikardi Messi va Argentina terma jamoasini 2022 yilgi Jahon chempionatidagi g'alaba bilan tabrikladi.

Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Mauro Ikardi milliy terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022dagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

Finalda argentinaliklar Fransiya terma jamoasini mag'lub etishdi (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2).

"Tabriklayman, Leo! Bu kubokka boshqa hech kim sendan ko'proq loyiq emas. Sen u uchun uzoq vaqt kurashding va mukofotlanding.

Shuningdek, ushbu ajoyib jamoaning bir qismi bo'lgan barchani tabriklayman. Men ham [o'tmishda] uning bir qismi bo'lganimdan va u bilan ajoyib onlarni baham ko'rganimdan mamnunman. Olg'a, Argentina!", – deb yozdi Ikardi ijtimoiy tarmoqlarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror