"Surxon" PFKga yangi Bosh direktor tayinlandi

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025, 14:11
"Surxon" professional futbol klubida yangi Bosh direktor ish boshladi.

"Klubimizning boshqaruv ofisida yangi Bosh direktor faoliyatini boshladi. Bosh direktor lavozimiga ilgari "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublarida faoliyat yuritgan tajribali mutaxassis Akmal Davronovich Husanbaev tayinlandi. Uning vazifasi klubning uzoq muddatli barqaror o'yin va tijorat muvaffaqiyatini taminlash uchun umumiy strategiya va tizimlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishdan iborat bo'ladi.

Klub nomidan Akmal Davronovichga muvaffaqiyatlar tilaymiz va uning faoliyati jarayonida klub uzoq muddatli rivojlanishiga ishonamiz", - deyiladi xabarda.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Сурхон" ПФК матбуот хизмати