"Surxon" navbatdagi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023, 18:24
Termiz jamoasi navbatdagi transferga qo'l urdi.

"Surxon" rossiyalik futbolchi Tamirlan Jamalutdinov bilan shartnoma tuzdi. 



Futbolchining ampulasi – markaziy yarim himoyachi. U 1996 yil 28 iyulda tug'ilgan. Oxirgi klubi – Qozog'istonning "Kiran" jamoasi.

Tamirlan Jamalutdinov quyidagi jamoalarda faoliyat ko'rsatgan:

2013 – "Anji", Rossiya

2018 – "Metta", Latviya

2020 – "Chelik Zenica", Bosniya i Gertsegovina

2021 – "Veles", Rossiya

2021 – "Novi Pazar", Serbiya

2022 – "Kiran", Qozog'iston

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати