"Mikst zona". "Surxon" futbolchisi Nimeli: "Vaziyatlardan samara chiqarsak, chiroyli gollar o'z-o'zidan kelaveradi"

Iskandarov Abdulaziz
31 mar 2023, 21:10
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng termizliklarning liberiyalik futbolchisi Silvanus Nimeli fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"G'alaba qozonganimizdan xursandman. Raqib kuchli jamoa edi. Yaxshi himoyalanishdi. Kurashlarga boy bahs kechdi, deb o'ylayman. Ikki jamoa uchun ham kuchli o'yin kechdi. Biz haqiqiy jangda g'olib chiqdik. Golimga kelsam, vaziyatdan foydalandim, xolos. Agar yaratilgan imkoniyatlardan samara chiqarsak, gollar o'z-o'zidan kelaveradi",- deydi Nimeli. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia