

"Surxon" futbol klubi ushbu ma'lumotni inkor qildi.
"Igor Shkvirin bugungi mashg'ulotlarda bevosita ishtirok etdi. Jamoa "Norin"ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Hurmatli futbol ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda "Surxon" jamoasi haqida chiqadigan ma'lumotlarga ko'p ham ishonmasliklaringizni iltimos qilamiz.
Aytgancha, Igor Shkvirin 22 avgust kungi mashg'ulotlarda ishtirok etmasligi haqida oldindan klub mamuriyatini ogohlantirgan", - deb yozilgan "Surxon" klubining telegramdagi kanalida.




