Suriyaga germaniyalik bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2018, 15:01
Futbol bo'yicha Suriya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Bu haqda Suriya futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

1948 yil Germaniyada tug'ilgan Bernd Shtange endilikda Suriyada ishlaydi. Ushbu murabbiy faoliyati davomida Germaniya terma jamoasi, "Gerta", "Leyptsig", "Dneapr" va SSKA (Ukraina), "Pert Glori" (Avstraliya), Ummon, Iroq, "Apollon Limassol" (Gretsiya), Belarus va Singapur terma jamoalarida ishlagan.

2016 yil iyul oyida u Singapur terma jamoasidan ketganidan so'ng hech qayerda ishlamayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia