

Shu kunchaga jamoani boshqarib kelgan Andrey Miklyaev o'z arizasiga ko'ra jamoa bosh murabbiyligini tark etdi. Lekin, Andrey Gennadievich "Surxon" futbol klubida boshqa lavozimni egallaydi. Uning aynan qaysi lavozimni egallashi tez kunlarda e'lon qilinadi.
"Surxon" jamoasi tez kunlarda yangi bosh murabbiyini keng ommaga e'lon qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumot uchun, Miklyaev boshchiligida "Surxon" Superligada 12ta o'yinda 6ta g'alaba, 3ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etdi. Klub ayni paytda chempionatda 3-o'rinda bormoqda.




