

Mazkur test- sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik bo'limi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi.
Maxsus sinovlar mavsum davomida tasdiqlangan reja asosida uch marotaba o'tkaziladi va natijalari tahlil qilib boriladi. Test-sinovlari maxsus innovacion texnologik vositalar orqali o'tkazilishini ham alohida ta'kidlab o'tish kerak.
Sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan futbolchilar o'z klublari tarkibida Superliga va Birinchi liga bahslarida ishtirok etishlari mumkin. Sinovlardan o'tolmagan futbolchilarni esa chempionat o'yinlaridan chetlashtirish ko'zda tutilgan.




