Superliga. Tur murabbiyi - Piter Xyuistra

Tolibjon Qosimov
12 mar 2021
Coca Cola Superligada 1-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq 9-11 mart kunlari bo'lib o'tgan dastlabki tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boryapmiz.

Superliga. Tur goli - Mo'min Meliev

Ortda qolgan 1-turning eng yaxshi murabbiyi deb "Paxtakor" ustozi Piter Xyuistra topildi. Amaldagi chempionlar Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'lishdi. Jamoa 0:2 hisobida yutqazayotgan bir paytda Xyuistra tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirdi va maydondagi o'yinchilarning joylashuvida kichik almashtirishga qo'l urdi. Yakunda bu o'zini oqladi va "sherlar" Qarshida kambek amalga oshirishdi. Bu g'alabada murabbiyning hissasi juda katta bo'ldi.

Shu tariqa, "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra birinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Coca Cola Superliga. 1-tur ramziy terma jamoasi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia