Superliga. "So'g'diyona" o'z uyida "Xorazm"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2026, 21:55
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 12-tur

"So'g'diyona" - "Xorazm" 2:0  

16 iyul 2026 yil. Zomin, "Zomin" stadioni. 20:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Ruslan Serazitdinov, Danill Yacenko, Nikita Mustafin

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Abbos Otaxonov 19 avtogol, - 1:0. Lyupcho Doriev 50, - 2:0 (Petar Michin).

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 8.Jamshid Boltaboev (23.Sardorbek Hoshimov, 46) (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 79), 9.Zenan Zaymovich (7.Petar Michin, 46), 10.Javohir Qahramonov (77.Oybek Nurmatov, 85), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollabergan Karimov, 32.Nodirjon Soyibov, 33.Shohjahon Sultonmurodov (4.Behruz Jumatov, 70).

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 6.Behruzbek Asqarov, 18.Igor Golban, 20.Fazliddin Omonkeldiev, .

"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 8.Nodir Abduxaliqov (17.Daniil Nugumanov, 35), 10.Yanis Leri (15.Diyorbek Ortiqboev, 63), 13.Elzio Lohan, 22.Sunnatilloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov (79.Azizjon Ahrorov, 63), 90.Ulug'bek Hoshimov (97.Bubabakr Traore, 78), 94.Rustamjon Abduhamidov (7.Temurbek Ismoilov, 78).

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 11.Danila Ejov, 88.Abror Xosinov, 96.Rafael Sabino,

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+4. O'yin tugadi. “So'g'diyona“ - “Xorazm“ 2:0 

90+3. ZARBA! Traorening zarbasidan keyin Mitrovich seyv qildi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi 

85. ZARBA! Ismoilovning jarimadan tepgan to'pini Mitrovich qaytardi! 

85. O'zgarish. “So'g'diyona“. Qahramonov o'rniga Nurmatov tushdi 

83. UXX! Jumatov hozir qo'pol o'ynadi va raqib jrim to'piga ega 

79. O'zgarish. "So'g'diyona". Hoshimov o'rniga Jo'rqo'ziev tushdi

78. O'zgarishlar. "Xorazm". Hoshimov va Abduhamidov o'rniga Traore va Ismoilov tushdi

70. O'zgarish. “So'g'diyona“. Sultonmurodov o'rniga Jumatov tushdi 

67. “Xorazm“ning hujumi oxiriga yetmadi, Ahrorov zarba bera olmadi 

63. O'zgarishlar. "Xorazm". Leri va Pirmuhammadov o'rniga Ortiqboev va Ahrorov tushdi

50. GOL! LYUPCHO DORIEV! 2:0. Petar Michinning uzatmasidan keyin Doriev gol urdi, dastlab hakamlar to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmagan deb hisoblashdi. Biroq VAR yordamida gol urilgani aniqlandi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “So'g'diyona“. Zaymovich va Boltaboev o'rniga Michin va Hoshimov tushdi 

45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:0

45+1. UXXXX! Qanday vaziyat! Doriev qarshi hujumga o'tib jarima maydonini tark etgan Stoshichni ham aldab o'tib darvozaga zarba berdi, himoyaga yetib kelgan Lohan jamoasini muqarrar goldan qutqardi! 

45. ZARBAAAA! Tinib tinchimas Lerining kuchli zarbasidan keyin Mitrovich to'pni qaytardi! 

36. ZARBA! Yanis Leri o'tkir burchakdan zarba berdi, Milan Mitrovichdan seyv! 

35. O'zgarish. "Xorazm". Abduxaliqov o'rniga Nugumanov tushdi

25. Xavfli vaziyat! Elzio Lohan jarima maydoniga kirib bordi, ammo himoyachi unga imkon bermadi

19. GOL! OLLABERGAN KARIMOV! Jarima maydoni yaqinidan chap oyoqda gol urdi, rekoshet ham yordam berdi - 1:0. PFL bu golni Otaxonovga avtogol sifatida yozdi. 

13. Xavfli vaziyat! Yanis Lerining chaqqon harakatlari va zarbasi himoyachiga tegib maydonni trak etdi. Burchak to'pi “Xorazm“da

8. Hozircha ikkala jamoa ham raqibni o'rganmoqda, o'yin tempi u qadar yuqori emas

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- O'yin soat 20:00da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia