Superliga. "Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" uchrashuvi Sport TVda to'g'ridan-to'g'ri olib berilmaydi

Tolibjon Qosimov
30 apr 2018, 17:09
Bugun mamlakatimizning 3 shahrida Superliga 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

18:00da boshlanadigan "Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" uchrashuvi Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, ushbu bahs to'g'ridan-to'g'ri berilmaydigan bo'ldi. Buning sababini bilish maqsadida Sport TV xodimlari bilan bog'langanimizda, vaziyatni bu safar izohsiz qoldirishdi.

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" bellashuvi huddi "Qizilqum" - AGMK bahsi kabi ertaga, 1 may kuni yozib olingan holda efirga uzatiladi.

Bugun 20:00ga belgilangan "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvi esa Sport telekanalida oldindan reja qilinganidek jonli namoyish etiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia