Superliga-2019. "Nasaf"da 20, "Paxtakor"da 28, "Buxoro"da 34...

Narzulla Saydullayev
5 dek 2019, 08:54
2019 yilgi Superliga bahslari yakuniga etgach turli statistik ma'lumotlarni taqdim etib borayapmiz.

Bugun klublar safida bir yil davomida necha nafar futbolchi maydonga tushganiga e'tibor qaratamiz.

Ro'ziqul Berdiev 2019 yilda Superligada atigi 20 nafar futbolchining xizmatlaridan foydalandi. "Metallurg" ustozi Andrey Shipilov esa 23 futbolchini maydonga tushirdi. Ligani tark etgan "Dinamo" safida 25 nafardan futbolchi maydonda harakat qildi.

Bu borada eng yuqori ko'rsatkich "Buxoro" klubiga tegishli bo'ldi. So'nggi turda Superligada qolish vazifasini bajargan klub safida bir mavsum davomida oz emas ko'p emas 34 nafar futbolchi o'ynadi.

2019 yilgi Superligada klublar safida qancha futbolchi maydonga tushdi?

"Nasaf" - 20
"Metallurg" - 23
"Dinamo" - 25
"Bunyodkor" - 26
"Lokomotiv" - 26
"Qo'qon-1912" - 28
"Paxtakor" - 28
"So'g'diyona" - 28
"Andijon" - 29
"Navbahor" - 29
"Qizilqum" - 31
"Surxon" - 31
AGMK - 31
"Buxoro" - 34


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia