Superkubokdagi g'alaba uchun “Real Madrid” futbolchilari qancha mukofot puli olishlari ma'lum

Khoja
13 yanv 2024, 10:36
Yakshanba kuni “Real Madrid” “Barselona”ga qarshi Ispaniya Superkubogining final uchrashuvida maydonga tushadi.

Madridning “Real” klubi futbolchilari chempionlikni qo'lga kiritgan taqdirda ularga qancha mukofot puli berilishi ma'lum bo'ldi.

Defensa Central nashri ma'lum qilishicha, Florintino Peres Madrid jamoasi chempion bo'lgan taqdirda har bir futbolchiga 150 ming evrodan mukofot puli  beradi.

Eslatib o'tamiz, final Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com