Superkubok: "Lokomotiv" mezbon, “Bunyodkor” mehmon

Narzulla Saydullayev
27 fev 2014, 12:45
Bugun soat 11:00da O'FF binosida O'zbekiston superkubogi oldidan “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda, bir qator o'yinoldi masalalar ko'rib chiqildi.

7 mart kuni “Jar” stadionida bo'lib o'tadigan bahsda “Bunyodkor” rasmiy mehmon jamoa sifatida to'p tepadigan bo'ldi.

Shuningdek, jamoalar liboslari ranglari aniqlanib, unga ko'ra “qaldirg'ochlar” oq rangli kiymlarda harakat qilishadi.

6 mart kuni esa O'FF binosida har ikkala jamoa bosh murabbiylari va bittadan futbolchi matbuot anjumanida qatnashadi va jurnalistlar savollariga javob beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com