Sunday Mirror: "David de Xea uchun ispan grandidan taklif bor va boshqa yangiliklar"

17 mar 2019, 14:35
Angliyaning Sunday Mirror nashrining bugungi eng qaynoq yangiliklaridan xabardor etamiz.

1. "Manchester Yunayted" posboni David de Xea Zinedin Zidan "Real"ga, "Santyago Bernabeu"ga qaytganidan so'ng yana "qirollik klubi"ning nishonida bo'lib turibdi.

2. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt 100 mln. evroga arziydigan bolakay, "Borussiya D" hujumchisi Jeydon Sanchoni bu yil yozda o'tkaziladigan Millatlar Ligasi finaliga chaqirishini aytib o'tdi.

3. "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru agar unga maydonga tushishi uchun imkon berishmasa, "aristokratlar" safida qolganidan foyda yo'qligi borasida ma'lum qildi. 

4. "Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezus "Siti" joriy mavsum YCHLni qo'lga kiritadigan bo'lsa, tanasiga tatiurovka chizdirishga vada berdi.

5. Fil Foden kelasi mavsumda ham, ijaradan qiziqishlar bo'layotgan bo'lsa-da, "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia