Sulsherga Pereyra kerak

17 noya 2019, 22:30
Braziliyalik yarim himoyachi Mateus Pereyra "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

The Mirror nashrining xabar berishicha, 23 yoshli braziliyalik vinger "qizil iblislar" ustozi Ule-Gunnar Sulsherning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Norvegiyalik mutaxassis Pereyrani qishki transfer mavsumida o'z jamoasi safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.

Ayni vaqtda braziliyalik futbolchi ijara asosida "Vest Bromvich" jamoasi sharafini himoya qilmoqda, uning transfer huquqi portugaliyaning "Sporting" klubiga tegishli.


O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror