Sulsher Reshfordning jarohati haqida: "U yugura olmadi"

Tolibjon Qosimov
16 yanv 2020, 13:13
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya kubogi 3-bosqichi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bahs (1:0)dan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

"O'yin oxirida har ikki jamoa ham charchaganini ko'rish mumkin edi. Bazida ochiq o'yin bizga unchalik ham mos tushmaydi.

Nihoyat "Vulverxempton"ni mag'lub etganimizdan xursandmiz. Xuan Mata - shunchaki boshqa daraja".

Reshfordning jarohati haqida

"Ha, bu qaror (Reshfordni tushirish) salbiy oqibatlarga olib keldi. Bazida buni qabul qilish kerak.

Yaqin kunlarda tibbiy tekshiruv o'tkazamiz va shundan so'ng u yakshanba kunigacha tayyor bo'lish yoki bo'lmasligini bilib olamiz. U yugura olmadi. U bahs davomida ma'lum vaqt belida og'riq his qildi, keyin esa yana bitta zarba qabul qilib oldi. Bu unga yordam bermadi", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com