Sulsher klub va asosiy tarkib uchun kurashmaydiganlar bilan xayrlashishga tayyor

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 14:22
"The Athletic" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Old Trafford" madaniyatiga to'g'ri kelmaydigan, klub mentalitetiga mos bo'lmagan futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor turibdi.

Qayd etilishicha, Donni van de Bekning transferidan keyin mankunianliklar rahbariyati ushbu futbolchiga katta e'tibor beradi.

Murabbiy esa o'z navbatida kamchiliklari ko'p bo'lgan, g'alabaga tashna bo'lmagan futbolchilarni tarkibdan ketkazib yubormoqchi. "Yunayted" esa transferlar oynasi vaqtida yana xaridlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Oldinroq Jessi Lingard, Andreas Pereyra, Fil Jons kabi futbolchilar yozda jamoani tark etishi kutilayotganligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic