

“To'g'risi, bu o'yinda tajriba muhim rol o'ynadi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish borasida bizda tajriba yetishmasligi ko'zga tashlandi. Raqib tarkibida etarlicha yaxshi ijrochilar borligi va yaratilgan vaziyatlaridan foydalanish vaqtida “Qizilqum” ustunlik qildi.
O'tkazgan ikki uchrashuvimizda ham tajriba yetishmadi. Deylik, “So'g'diyona” bilan bahsda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Lekin ulardan foydalana olmadik va g'alaba qozonish imkonini qo'ldan chiqardik. “Qizilqum” bilan bahsda raqib ancha ustunlik qildi.
Mavsum endi boshlandi. Navbatdagi o'yinlarda vaziyatni o'nglashimiz mumkin”, - deya so'zini yakunladi Izzatov.




