Subisarreta: “Sanchesning kelajagi haqida hech narsa bilmayman, Pedroni esa sotmaymiz”

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2014, 11:57
“Barselona” sport direktori Andoni Subisarreta Sanches kelajagi haqida bilmasligini ta'kidladi.
Shu bilan birga u Pedro bilan bog'liq savolga ham javob berdi.

“Aleksis Sanches bilan bir nechta klub qiziqmoqda. U jahon chempionatidagi eng yaxshilardan biri edi. Har qanday holatda ham, men jamoa safidagi barcha futbolchiga ishonaman. Pedroga keladigan bo'lsak, u transferga qo'yilmaydi. “Barselona”ga bu futbolchining qobiliyatlari kerak” – deydi Subisarreta.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com