Suares jurnalistlar talqiniga ko'ra APLda yil futbolchisi

Narzulla Saydullayev
5 may 2014, 17:21
Liverpul hujumchisi Luis Suares jurnalistlar talqiniga ko'ra bu mavsumda premer-ligada eng yaxshi futbolchi bo'ldi.
Urugvayli futbolchi Liverpuldagi jamoadoshi Stiven Jerrard va Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Tureni ortda qoldirdi.

Suares oldinroq Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko'ra eng yaxshi bo'lgandi.

O'tgan mavsumda jurnalistlar Tottenxemda o'ynagan Garet Beylni eng yaxshi deb topishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru