

Oldinroq o'yin tugaganidan so'ng Luis Suares tribunaosti yo'lida raqib futbolchilarini kutib, ularni haqorat qilgani e'lon qilingan edi. Ma'lum bo'lishicha, uchrashuv vaqtida Pau Sabata "Barselona" hujumchisi Lionel Messining oyog'ini atayin bosib oladi.

Bundan g'azablangan argentinalik o'z noroziligini bildiradi va "Espanol"ning boshqa futbolchilari janjal kelib chiqishiga sabab bo'lishadi. Keyinroq Luis Suares mojaroni to'xtatish uchun Messini janjal o'rtasidan olib chiqib ketadi. Tahminlarga ko'ra, urugvaylik jamoadoshi uchun o'ch olish niyatida tribunaosti yo'lida raqib futbolchilarini haqorat qilgan.



