Suares “Liverpul”ning yosh muxlisiga intervyu berdi

Tolibjon Qosimov
24 dek 2013, 17:39
“Liverpul” klubi hujumchisi Luis Suares, klub televideniyasida jamoaning yosh muxlisiga intervyu berdi.

“Qizillar”ning Finn ismli yosh muxlisi muxbir sifatida intervyuda qatnashdi. Suares bolakayning savollariga javob bergach, u bilan biroz futbol o'ynadi. Eslatib o'tamiz ushbu mavsumda Suares fantastik o'yin namoyish etayapti. Diskvalifikaciya tufayli mavsum boshini o'tkazib yuborganiga qaramay, u 12 o'yinda 19 gol urishga erishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru