

"Aston Villa" klubi yangi bosh murabbiyi, afsonaviy sobiq futbolchi Stiven Jerrard APLdagi debyut o'yinidagi ajoyib g'alabasidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu ajoyib bo'ldi. Biz orzu qilgandek natija qayd etildi. Endi maydonga chiqishimiz va o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim. Gol o'tkazib yubormaganimizdan alohida xursandman. Bularning barchasi men yigitlardan so'ralgan narsa edi. G'alabaga haqli edik. Men uchun boshlanishi yaxshi bo'ldi. Buni esa davom ettirish kerak", -deydi Stiven Jerrard.



