Stevan Yovetich: Rossiyaga qarshi yaxshi o'ynab uch ochkoni qo'lga kiritishimiz mumkin

26 mar 2015, 22:02
Manchester Siti hamda Chernogoriya terma jamoasi futbolchisi Stevan Yovetich Evro-2016 saralash bosqichi doirasidagi Rossiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Albatta terma jamoaga ishonaman. Rossiya bilan bo'ladigan o'yinda yaxsh o'ynab uch ochkoni qo'lga kiritishimiz mumkin. Biz bosimni his etmoqdamiz, lekin bu futbolning bir qismi sanaladi. Biz yosh futbolchilar emas, balki tajribalimiz. Uchrashuvda o'z kuchimizni ko'rsatib, g'alaba uchun qo'ldan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak bo'ladi.

Manba: sports.ru