

Rahim ushbu klubning kuch-qudratini tan oladi, ammo uning e'tibori hozirda faqat "Siti"ga qaratilgan.
"Bu mish-mishlar doim bo'lgan. Qaytaraman, men hozirda "Siti" o'yinchisiman. APLda biz xohlagandek bo'lmayotgan bo'lsa ham, bu lahzalardan zavq olmoqdaman. Bizda Chempionlar Ligasida yaxshi imkoniyat bor. Men "Real" fantastik klub degan gaplarimdan qaytmayman, ammo Manchestyerda juda ham baxtliman", - deydi Sterling.
Eslatib o'tamiz, "Real" Sterlingdan tashqari o'z tarkibiga Serxio Aguero va Kevin De Bryuynelarni jalb qilmoqchi.



