Stankovich A Seriya jamoasi murabbiyiga aylanishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
6 dek 2021
“Crvena Zvezda” bosh murabbiy Deyan Stankovich bilan kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qilmoqda.

 Amaldagi kelishuv 2024 yil yoziga qadar tuzilgan.

“Inter” sobiq xavbeki “Sampdoriya”ni boshqarishga yaqin turibdi, deya xabar beradi insatder Nikola Skira. Qayd etilishicha, rahbariyat jamoaning hozirgi ustozi Roberto D'Aversuni iste'foga chiqaradi. 

“Sampdoriya" A Seriyada 16 uchrashuvdan so'ng 15 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira