
Ha, qur'a bizga osonroq bo'lishi ham mumkin edi. "Bavariya" juda nomdor jamoa. Shunga nima qilibdi endi? Biz ulardan qo'rqishimiz kerakmi? Biz "Bavariya"ni va ularni futbolchilarini juda hurmat qilamiz. Biroq biz ham "Bavariya" singari keyingi bosqichga yo'l olishga loyiq jamoamiz. To'p yumaloq, maydon tekis. Biz uchun 180 daqiqa bor va shu vaqt ichida sifatli o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erishishimiz mumkin. Nazariy jihatdan "Bavariya" ushbu juftlikda favorit. Lekin bu hali hamma narsa hal degani emas. Har bir futbolchi g'alaba uchun borini berishiga ishonaman.
Eslatib o'tamiz, "Shaxtyor" klubi Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalida "Bavariya" bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, "Shaxtyor" klubi Yevropa chempionlar ligasi nimchorak finalida "Bavariya" bilan to'qnash keladi.