

Xabaringiz bor, 20-27 sentyabr kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi. Ushbu yig'in davomida vakillarimiz 2022 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari - Kamerun va Kosta-Rika milliy terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Ushbu yig'in oldidan, 19 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman O'FA majlislar zalida soat 11:45 da boshlanadi. Unda O'FA tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan barcha OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin.



