Sport Italia: "Chelsi" yangi bosh murabbiyi bilan kelishib oldi
Mirjalol Normatov
13 iyun 2018, 21:10
"Chelsi" rahbariyati Mauricio Sarri bilan kelishib oldi.
Bu haqda "Sport Italia" nashri xabar bermoqda. Unga ko'ra, Sarri Angliya jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi va yiliga 7 mln evro maosh oladi.
O'tgan mavsumda Sarri "Napoli"ni boshqardi va yaqindagina iste'foga chiqdi.