Spinaccola yozuvchilikka qo'l urdi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2021, 21:48
"Roma" himoyachisi Leonardo Spinaccola Italiya terma jamoasining 2020 yilgi Yevropa chempionatidagi g'alabasi haqida kitob yozayotganini, shuningdek, jarohatidan tiklanayotgani haqida gapirdi.

"Men astoydil harakat qilyapman va allaqachon ijobiy natijasini ko'ryapman. Yevropa chempionligini qo'lga kiritishga kelsak, bu mening bolalarim tug'ilishidan tashqari, hayotimdagi eng yaxshi kun edi. Faoliyatimda bundan ortig'ini orzu qila olmasdim. Manchini boshidanoq bu turnirda g'alaba qozonishimiz mumkinligini aytdi va oxirigacha bizga ishondi. Men Evro-2020'dagi g'alabamiz haqida kitob yozishga qaror qildim. Men o'sha ajoyib kunlarda nimalarni his qilganimizni tasvirlashga harakat qilaman. U oktyabr yoki noyabrda sotuvga chiqariladi", - deydi himoyachi

Eslatib o'tamiz, Spinaccola Belgiya terma jamoasiga qarshi Evro-2020 1/4 final uchrashuvida jarohat olgandi. Dastlabki tashxislarga qaraganda, u noyabr oyida maydonga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia