Spinaccolaning qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2021
"Roma" himoyachisi Leonardo Spinaccola jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, dekabrgacha maydonga qaytmaydi.

"Mourinyu va Manchini noyabr oyida mashg'ulotlarni boshlashimni va dekabrda maydonga qaytishimni bilishadi", - deydi himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Spinaccola Yevropa chempionatida Italiya terma jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan. U Evro-2020 chorak finalida Belgiyaga qarshi o'yinda (2:1) jarohat oldi hamda hal qiluvchi o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

Leonardo 2019 yilda "Yuventus"dan qariyb 30 million evro evaziga "Roma"ga o'tgandi. Uning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SportWeek