“Spartak” shveytsariyalik Klozeni sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014, 19:00
Moskvaning “Spartak” futbol klubi “Volfsburg”ning shveytsariyalik himoyachisi Tim Klozega qiziqib qoldi.
Bu haqda shveycar nashrlari xabar bermoqda. OAVning malumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchini olish fikri qizil-oqlarning murabbiyi Murat Yakindan chiqqan. Kloozega “Shtuttgart” va “Keln” ham qiziqish bildirmoqda.

U “Volfsburg”ga o'tgunga qadar, Shveytsariyaning “Tun” va Germaniyaning “Nyurnberg” jamoalarida to'p tepgan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2016/17 yilgi mavsum oxirigacha belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru