"Spartak" - SSKA uchrashuvidan so'ng Goncharenko Tedeskoning qo'lini siqib qo'ymadi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2020, 13:41
Kecha, 4 mart kuni Rossiya Kubogi chorak finali bosqichi doirasida "Spartak" o'z stadionida SSKAni qabul qildi.

Bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. "Spartak" ekstra taymda gol urib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Murosasiz kechgan uchrashuvdan so'ng hissiyotlarini "jilovlab" turgan SSKA ustozi Viktor Goncharenko raqib murabbiyining qo'lini siqib qo'yishni istamadi. Biroq "Spartak" bosh murabbiyi buni o'z uslubida amalga oshirib, raqibning jig'iga tegishga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia