Spalletti "Napoli" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi

Alisher
27 may 2021, 09:01
Italiyalik mutaxassis Luchano Spalletti "Napoli"ni boshqaradi.

62 yoshli mutaxassis Jennaro Gattuzoning "Fiorentina"ga ketganidan so'ng neapolliklarni boshqarishga rozi bo'ldi.

Spalletti klub bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi, uning maoshi yiliga 3,5 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, mutaxassisning so'nggi ish joyi Milanning "Inter" klubi bo'lgan edi, u "neradzurrilar" tarkibini 2019 yilda tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira