Spalletti: "Men va Totti o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi, ammo hozir bu ortda qoldi"

Aslanov Jasurbek
29 fev 2016, 18:45
"Roma" bosh murabbiyi Luchano Spallettining takidlashicha, hujumchi Franchesko Totti bilan tushunmovchilik ortda qoldi.

"Totti - jamoaning asosiy futbolchilaridan biri, ammo javobgarlik murabbiy bo'ynida. Men bu erga jamoani oldinga olib chiqish uchun kelganman. Franchesko jarohatlangan edi, hozir esa shug'ullanyapti. Afsuski, o'rtamizda tushunmovchilik yuzaga keldi. Hozir hammasi ortda qoldi. U kelajakdagi rejalari borasida klub prezidenti bilan suhbatlashib olishi kerak, buni men hal qilmayman. Uni doimo qo'llab-quvvatlayman, ammo birinchi navbatda jamoa haqida o'ylashim kerak. U kabi ko'proq futbolchilarim bo'lishini istayman" - deydi Spalletti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Uno