Soriano: "Agar Messi "Siti"ga o'tishga qaror qilsa, eshiklarimizni keng ochamiz"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2016, 17:18
"Manchester Siti"dagilar bir kun kelib "Barselona" hujumchisi Lionel Messi "shaharliklar" safida o'ynashi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Bu haqda ingliz klubi ijrochi direktori Ferran Soriano ma'lum qildi.

"Agar Messi "Manchester Siti"ga o'tishni istasa, eshiklarimizni keng ochamiz. Biz unga qo'ng'iroq qilmaymiz, ammo agar u bizga sim qoqsa, albatta unga javob beramiz" - deydi Soriano.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1