Son Xyon Min “Tottenxem” bilan shartnomasini uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2020, 08:00
Osiyolik futbolchi London klubida qoladi.

“Tottenxem” va Son Xyon Min o'rtadagi kelishuvni yangi shartlar asosida uzaytiradigan bo'ldi. 28 yoshli Son yangi shartnomaga ko'ra ko'proq maosh oladigan bo'ladi. Koreyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi. Uning transferi 75 mln evroga baholanmoqda.

Futbolchi joriy mavsum “shporlar” safida 14 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Spurs Express