

"Jamoamiz "Mashal"ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda. Hammamiz bu uchrashuv qanchalik muhim ekanligini bilib turibmiz. Chunki "Andijon" bizga yetib olyapti, "Qo'qon-1912" 2 ochkoga o'zib ketdi. Shu sababli, ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q.
Mashg'ulotlar yaxshi o'tdi, uchrashuvga barcha tayyor. Jarohatlanganlar va diskvalifikaciyali futbolchilarimiz yo'q. "Mashal"ga qarshi bahsda faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Agar g'alaba qozonsak turnir jadvalida xatto "Navbahor"ni ham ortda qoldirishimiz mumkin. Omad bizga kulib boqadi deb umid qilaman" - deydi Solomin.
"Obod" matbuot-xizmati


