Solari “Barselona”ga qarshi o'yin haqida: “Real” har doim favorit”

4 fev 2019, 08:05
“Alaves” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Ispaniya kubogi yarim finalida “Barselona”ga qarshi o'tadigan bahs haqida fikr bildirdi.

“Real” har doim favorit. Biz doim g'alaba qozonishni istaymiz. Oxirigacha kurashamiz, hech qachon taslim bo'lmaymiz. “Alaves”ga qarshi o'yinda “Barselona” bilan oradagi farqni qanchalik qisqartirishni istayotganligimizni ko'rsata oldik. O'yinlar taqvimi haqida ham “Barselona” haqida ham o'ylamayapmiz, axir biz uni tuzmaymiz. Tayyor bo'lish va eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak”,-deydi Solari.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express