"So'g'diyona": Tayyorgarliklar Zominda davom etadi
Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2015, 17:17
Jamoa o'z qarorgohida yig'ildi.
Bugun murabbiylar va futbolchilar Zomin tog'lari tomon yo'l olishadi. 17 yanvargacha davom etadigan mashg'ulotlarda asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga qaratiladi. Keyingi yig'in rejaga asosan Toshkentda olib boriladi.