

Erkin Boydullaev jamoasining mashg'ulotlari paytida jarohat olib safdan chiqqan. Shu boisdan ham bugungi bahsda Boydullaev "Qizilqum"ga yordam bera olmaydi.
Uning qachon safga qaytishi hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, bugun Jizzaxda Superliganing 4-turining dastlabki bellashuvida "So'g'diyona" - "Qizilqum" jamoalari to'qnash kelishadi. Ushbu jamoalar hozircha Superligada g'alaba nashidasini surishgani yo'q.


