“So'g'diyona” “Mashal”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
2 may 2017, 16:47
Jizzaxning "So'g'diyona” jamoasi 8-turda Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi bahs yuritdi va durang natijani qayd etdi (2:2).

Bugun jamoa “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va oliy liga 9-turdagi raqibi Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshladi. Mashg'ulotlar ikki mahal olib borilmoqda.

Yoshlar ligasi bahsi 5 may kuni soat 16:30da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib o'yini 6 may kuni soat 18:00da “So'g'diyona ” stadionida bo'lib o'tadi.

Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), SH. Nasibullaev (Namangan)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

 “So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia