"So'g'diyona" futbolchisi Litva terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2018, 12:03
FIFA kunlari sababli bir qator futbolchilar o'z milliy terma jamoalaridan chaqiruv olmoqda.

Shu qatori "So'g'diyona" xujumchisi  Sernas Darvidas ham Litva terma jamoasidan chaqiruv oldi. U UEFA millatlar ligasi bahslari doirasida 17 noyabr kuni Ruminiya – Litva  va 20 noyabr  kuni Serbiya  - Litva o'yinlariga ishtirok etish uchun Litva futbol federatsiyasidan  chaqiruv oldi.

Futbolchi “Neftchi” ga qarshi bahsdan so'ng yig'inda ishtirok etish uchun o'z yurtiga jo'nab ketadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати