“So'g'diyona” futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2019, 16:48
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan "So'g'diyona" bugun 5 yanvar kuni O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi qoshidagi tibbiyot markazida shifokorlar ko'rigidan o'tishdi.

Futbolchilar ertaga o'z qarorgohlariga qaytishadi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ayni paytda  o'tgan mavsumni  ijara asosida "So'g'diyona"da o'tkazgan "Bunyodkor" futbolchilari  Sardor Azimov, Shoxruz Norxonov, Nurillo To'xtasinov "Bunyodkor" safiga qaytgan.

“So'g'diyona” 12 yanvarga qadar o'z maydonlarida mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Shundan so'ng yig'in Toshkentda davom ettiriladi va bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini  o'tkazish rejalashtirilgan.

Sparring raqiblar va mashg'ulotlarda ishtirok etadigan  futbolchilar haqida esa keyinroq batafsil ma'lumot berib boriladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати