"So'g'diyona": Davron Fayziev o'z arizasiga ko'ra vazifasidan ozod qilindi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2017, 11:02
Kuni kecha “So'g'diyona” stadionida klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan birinchi davra yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishni klub prezidenti Mahmudjanov O'ktamjon Ismailovich olib bordi. U o'z so'zida klubning  birinchi davradagi qoniqarsiz natijalari va darvozabonlarni tayyorlashdagi kamchiliklar borasida so'z yuritdi.

Yig'ilish davomida darvozabonlarda etarli mahoratni shakllantirolmaganligi natijasida  jamoa darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo'jaev iste'foga chiqarildi.

Klubning muvaffaqiyatsiz natijalari va birinchi davrani 13-o'rinda yakunlagani uchun bosh murabbiy Davron Fayziev o'z arizasiga ko'ra vazifasidan ozod qilindi.

Shu bilan birga, futbolchilar Dadajon Mamatqulov, Omon-biik Xalilov va darvozabon Sarvar Karimov bilan tuzilgan shartnoma muddatidan avval bekor qilindi.

Jamoaga yangi murabbiy izlanmoqda.


“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz