Smolov ham "Real", ham "Barselona"ga gol urgan sakkizinchi rossiyalik bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020, 10:44
"Selta" forvardi Fedor Smolov "Barselona"ga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

Oldinroq futbolchi "Real" darvozasini ham ishg'ol qilishni uddalagandi. Shu orqali Smolov ushbu ikki jamoa darvozasiga gol urgan sakkizinchi rus futbolchisiga aylandi.

Bunga qadar Aleksandr Mostovoy, Dmitriy Radchenko, Valeriy Karpin, Oleg Salenko, Dmitriy Popov, Dmitriy Cheryshev va Igor Korneevlar shunday natija qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta