O'zbekiston U-20 termasining Slovakiyaga qarshi o'yinlar uchun jalb qilingan futbolchilar ro'yxati

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022, 16:20
O'zbekiston U-20 terma jamoasi bugundan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshladi.

Yig'in doirasida vakillarimiz Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yinida qatnashishi kutilmoqda.

Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar – Otabek Boymurodov ("Paxtakor"), Humoyunshoh Sayyotov ("Metallurg"), Asrorbek Kenjaev ("Chig'atoy")

Himoyachilar – Diyor Ortiqboev ("Olimpik"), Abubakr Ashurov ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Energetik-BGU"), Izzatillo Po'latov ("Turon"), Mahmud Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Zafar Hakimov ("Nasaf"), Saidafzalxon Axrorov ("Turon"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor"), Zafarmurod Abdurahmatov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar – Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Sherzod Esanov ("Andijon"), Umid Sultonov ("Bunyodkor"), Umarali Rahmonaliev ("Bunyodkor"), Shahzod Nematjonov ("Metallurg"), Nodir Abdurazzoqov (AGMK), Abbos Fayzullaev ("Paxtakor"), Rian Islomov ("Paxtakor") 

Hujumchilar – Shahriyor Jabborov ("Paxtakor"), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Olimpik"), Asad Jo'raboev ("Navbahor")

O'yinlar 24-27-sentyabr kunlari yurtimiz yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати