Sky Sports jurnalisti: "Kontega MYU yoqadi, "Real" bilan hech narsa hal bo'lgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018, 14:25
Sky Sports Italia jurnalisti Jovanni Gvardala italiyalik mutaxassis Antonio Konte faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Konte tatildan keyin Londonga qaytadi. Hozir uning kelajagi borasida mish-mishlar ko'payib ketgan, "Real" uni o'z taklifi bilan maftun qilyapti, ammo Kontega "Manchester Yunayted" yoqadi. U yerda o'zi shug'ullantirgan Pogba bor. Bundan tashqari MYUda Antnoio Konte sotib olishni istagan Aleksis Sanches, Errera va Lukaku to'p tepadi. Ayni damda "Real" bilan hech narsa hal bo'lgani yo'q" - deydi Gvardala.

Oldinroq, Konte "Real" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod ekanligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com