Simone uchta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi

26 yanv 2018, 23:44
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simone diskvalifikaciyaga uchradi.

Ispaniya kubogining “Sevilya”ga (1:3) qarshi bahsda u hakamning qarorini masxaromuz tarzda “olqishlagani” uchun zaxira o'rindig'idan chetlatilgandi.

Ushbu hatti-harakati uchun Simone 3 ta o'yinga chetlatildi. Uning diskvalifikaciyasi faqat Ispaniya kubogi doirasidagi uchrashuvlarda amalda bo'ladi.

“Sevilya”- “Atletiko” uchrashuvini Xuan Martines Munuera boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As